Koronavirusni davolashda imbirni dorilar oʻrniga qabul qilsa boʻladimi?

12:22 05 Oktyabr 2020 Jamiyat
1542 0

Ushbu savolga bugun AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob qaytardi:

— Imbir-zanjabil ilmiy tibbiyotda keng ishlatiladi. Zanjabilning juda koʻp foydali xususiyatlari boʻlganligi sababli nafaqat maza berish, balki davolovchi ozuqa sifatida ham ishlatiladi.

Zanjabil ildizi tarkibida koʻplab: S, V1, V2 guruh vitaminlar, mineral moddalar: alyuminiy, kaliy, kalsiy, temir, marganes, fosfor, kapril, nikotin va linol kislotalari mavjud. Uning taʼsir qiluvchi moddalari shogaol va gingerol hisoblanadi.

Bu moddalar antioksidant, yalligʻlanishga qarshi, oʻsmalarga qarshi, antimutagen va boshqa xususiyatlarga ega.

Eksperimental izlanishlar zanjabil ildizining spirtli ekstrakti pnevmoniya va boshqa yuqori nafas aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklarida foyda berishini koʻrsatgan. Lekin uni ham meʼyorida isteʼmol qilish zarur, chunki u bolalarda, homiladorlarda allergiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Zanjabil koronavirus infeksiyasida asosiy dori vositalar bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin, lekin bir oʻzi monoterapiya sifatida yordam bermaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?