Koronavirusning yangi turi — COVID-21 paydo boʻlgani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning yangi shakli, “COVID-21” paydo boʻlganligi toʻgʻrisida audio yozuv tarqaldi. Virusologiya instituti direktori, professor Erkin Musabayev ushbu audio yozuvga quyidagicha izoh berdi:
COVID-19 infeksiyasi yangi shtammlari paydo boʻlsa ham, yangi “COVID-21” virusi paydo boʻlganligi haqidagi bayonot notoʻgʻri.
Vaksinatsiya COVID-19ning barcha shtammlaridan himoya qiladi, xavf guruhidagi odamlar kasal boʻlib tuzalgan boʻlsa ham emlanish zarur hisoblanadi.
Hozirgi kunda koronavirusning klinik belgilarida oʻzgarishlar yuz berdi, yaʼni yoʻtal va isitmaning kam namoyon boʻlgan, ammo boʻgʻimlarda katta ogʻriq belgilariga ega bemorlar soni ortdi.
Zangiota kasalxonasidagi bemorlarning tahlillari shuni koʻrsatadiki, koronavirus infeksiyasi oqibatlaridan oʻlish holatlari oshmadi.
PSR-test yordamida koronavirusni aniqlash imkonsiz boʻlib qoldi, deyish nooʻrin, chunki avval ham dimogʻda virusni aniqlashda 30 foizlik xatolikka yoʻl qoʻyilgan edi.
Koronavirus infeksiyasini davolash boʻyicha bir yillik tajribadan kelib chiqib, Oʻzbekistonda davolash protokoli tuzilib, amalda uning yuqori samaradorligi isbotlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring