Koronavirus saratonni davolayaptimi? Kasallikdan soʻng ayrim bemorlarda xavfli oʻsmalar yoʻqolgan
Xorij nashrlaridan birida chop etilgan maqolada “COVID-19”dan davolangan ayrim odamlarda saraton kasalligining moʻjizaviy tarzda yoʻqolishining uchta holati keltirildi. Ularda saraton borligi ilmiy asoslangan va aniq tashxis qoʻyilgan. Ammo ular koronavirusdan tuzalishi bilan saratondan ham forigʻ boʻlgan. Ushbu holat yuzasidan mutaxassislar oʻz munosabatini bildirmoqda.
Uchta moʻjizaviy holat
Birinchi holat Buyuk Britaniyada kuzatilgan. Nashrning yozishicha, bu yerda 61 yoshli erkakda saraton aniqlangan. Tashxis qoʻyilganidan soʻng, bemor kimyoviy terapiyani boshlashga ham ulgurmagan. Chunki u koronavirus yuqtirib olgan. Unda saratonning ogʻir turi boʻlgan, ammo koronavirus infeksiya oʻtgach, bemordagi koʻplab oʻsmalar ham yoʻqolgan.
Shunga oʻxshash yana ikkita holat Italiyada qayd etilgan. Bu yerda 20 yoshli yigit saraton bilan ogʻrigan. Unga kimyoviy va nur terapiyasi ham yaxshi taʼsir koʻrsatmagan. Ammo yigit “COVID-19”ning ogʻir formasini boshdan oʻtkazganidan soʻng tahlil shuni koʻrsatdiki, unda saraton ham yoʻq boʻlib ketgan. Uchinchi shunday moʻjizaviy holat Italiyaning Milan shahrida yashovchi 61 yoshli erkakda kuzatilgan.
Moʻjizalar haqiqatmi?
“Taʼriflangan holatlar real va bunga bir nechta sabablar boʻlishi mumkin. Birinchidan, maʼlumki, baʼzi viruslar xavfli hujayralarni zararlashi va ularni yoʻq qilishi mumkin. Ehtimol, shunga oʻxshash jarayon tufayli koronavirus infeksiyasiga chalinib, davolanganlarda oʻsmalari yoʻqolgan boʻlishi mumkin”, deydi rossiyalik virusolog Petr Chumakov.
Uning qoʻshimcha qilishicha, bu maʼlumot saratonni davolashga asos sifatida qabul qilinmasligi kerak.
“COVID-19” bilan saratondan xalos boʻlishga urinmaslik kerak. Axir kasallikning xavfi juda yuqori, undan koʻp odamlar vafot etmoqda va bu infeksiyaning saratonni davolash ehtimoli juda kam. Kasal boʻlgan millionlab odamlar uchun uchta tasvirlangan holat juda kam”, deya qoʻshimcha qiladi mutaxassis.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Afrika pingvinlari 2036-yilga borib, baliq tanqisligi sabab yoʻqolib ketishi mumkin
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring