Koronavirus pandemiyasi davrida aholida vahima uygʻotuvchi maʼlumotlar tarqatilishi kuzatilmoqda — AOKA rasmiy bayonot berdi

Koronavirus pandemiyasi davrida ayrim ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoq va turli messenjerlarda oʻz tasdigʻini topmagan hamda rasmiy manbalardan olinmagan, ayrim vaziyatlarda esa aholida vahima uygʻotuvchi maʼlumotlar tarqatilishi kuzatilmoqda.
Ayniqsa, turli sohada davlatimiz ravnaqi uchun koʻp yillar fidoiylik koʻrsatgan taniqli insonlarning kutilmaganda vafot etgani bilan bogʻliq asossiz xabarlar koʻpaymoqda. Bu kabi notoʻgʻri maʼlumotlar bemorning yaqin kishilarini sarosimaga solib qoʻyishi, ularning ham sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin.
Shuni unutmaslik kerakki, biror insonning faqat oʻziga tegishli boʻlgan fundamental huquqi hisoblanuvchi shaxsiy salomatligi yoki koronavirus kasalligidan vafot topgani haqidagi xabarlarni eʼlon qilishda Oʻzbekiston Respublikasi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga amal qilinishi lozim.
Mazkur qonunda fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari faqatgina oʻzini roziligi, agarda u muomalaga layoqatsiz boʻlsa uning qonuniy vakili, mabodo olamdan oʻtgan taqdirda merosxoʻrlarining hujjat shaklidagi roziligi bilan eʼlon qilinishi mumkinligi belgilangan.
Bundan tashqari, aholi orasida feyk xabarlarni har qanday shaklda tarqatish, notoʻgʻri xabarlar bilan chalgʻitish amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlik keltirib chiqaradi.
Agentlik ommaviy axborot vositalari va blogerlardan ishonchsiz axborotlarni tarqatmaslik hamda noxolis manbalardan foydalanmaslikni soʻraydi.
Bugungi murakkab vaziyatda axborot maydonida qonunga zid holatlardan yiroq boʻlgan ijobiy muhitni shakllantirishga hissa qoʻshaylik.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring