Koronavirus mutatsiyasi qanchalik xavfli? Mutaxassis izohi

22:51 21 Iyul 2020 Dunyo
764 0

Rossiyaning Skolkovo fan va texnologiyalar universiteti professori Georgiy Bazikin koronavirusning avvalgi mutatsiyalari uning xususiyatlarini oʻzgartirmaganligini maʼlum qildi.

Olimlar viruslarning genotipiga qarab farqlarni koʻrmayotganligini taʼkidlayotgan professorning soʻzlariga koʻra, mutatsiyalardan biri virusning yuqumlilik qobiliyatini oshirishi mumkinligini istisno qilib boʻlmaydi, ammo bu taʼsir kuchsiz va “tashvishlanadigan narsa emas”.

“Avvalgi yuzaga kelgan mutatsiyalar, virusning xususiyatlarini oʻzgartirmadi va bu yaxshi yangilik”, deya qoʻshimcha qilgan Bazikinning taʼkidlashicha, vaziyat oʻzgarishi mumkin va agar virus yana rivojlana boshlasa, yangi vaksina yaratish kerak boʻladi.

“Virusning zaiflashayotgani yoki kuchayib borayotgani haqida ilmiy dalillar yoʻq. Nazariya zaiflashish kerakligini bashorat qilmaydi. Aksincha odamlar orasida yuqish qobiliyatining oshishini taxmin qiladi”, deydi professor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер