“Korea New Network” telekompaniyasi ijodkorlari mamlakatimiz hunarmandchiligi haqida videorolik suratga olmoqda

10:08 19 Iyul 2023 Madaniyat
976 0

Janubiy Koreyaning yetakchi telekompaniyasi “Korea New Network” (KNN) tomonidan 36 qismdan iborat “Osiyo hunarmandchiligi” nomli telekoʻrsatuv loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Oʻzbekiston hunarmandchiligi, jumladan, kashtachilik va zargarligi toʻgʻrisida “Buxoro oltin iplari” mavzusida videorolik ham tayyorlanyapti.

Xalqaro xalq sanati tashkilotining Osiyo mintaqaviy bosh kotibi Moon Hyuk Sukning tashabbusi bilan Madaniyat va turizm vazirligi koʻmagi asosida amalga oshirilayotgan loyihaga koʻra, KNN telekompaniyasi ijodkorlari ayni damda Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.

Ijodiy guruh videorolik tayyorlash uchun Toshkent shahri va Buxoro viloyatlarida mavjud madaniy meros obyektlarida tasvirga olish ishlarini amalga oshirmoqda. Ushbu mediakontent kelgusida Oʻzbekiston madaniyati va turizm salohiyatini Koreya davlati va Sharqiy Osiyo mintaqasida targʻib qilinishi hamda malkatimizga kirib keluvchi sayyohlar sonini oshishida xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun, “Korea New Network” (KNN) telekompaniyasi – 1995-yilda oʻz faoliyatini boshlagan va “Korea Broadcasting Awards” mukofoti bilan taqdirlangan. Mediakompaniya tomonidan Osiyoning 30 ta davlatidan 50 xil turdagi hunarmandchilikka oid koʻrsatuvlarni oʻziga jamlagan – tarixda birinchi bor 36 qismli serial sifatida tasvirga tushirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?