Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar va Toshkent shahridagi oilaviy poliklinikalarda bolalar boʻlimlari ochiladi
Prezidentimizning “2022 — 2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq, Nukus shahrida “Bolalar tibbiyot klasteri” tashkil etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti klinikasi va Bolalar stomatologiya poliklinikasi mazkur tibbiyot klasteri tarkibiga kiritilib, yagona boshqaruv yoʻlga qoʻyiladi.
“Bolalar tibbiyot klasteri” binosi 2023-yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi.
Shuningdek, yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda 6 oʻrindan kam boʻlmagan chaqaloqlar reanimatsiyasi boʻlimlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
2022-yil 1-maydan boshlab tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, Toshkent shahri oilaviy poliklinikalarida bolalar boʻlimlari ochiladi.
Ushbu boʻlimlar mavjud shtat birliklari doirasida shakllantiriladi va unda pediatriya yoʻnalishi boʻyicha barcha tor soha mutaxassislari, maktab oʻquvchilariga xizmat koʻrsatish uchun shifokor-pediatrlar, bolalar shifokor-ginekologi, tegishli oʻrta tibbiyot xodimlari, vaksinatsiya xonasi xodimlari, “tibbiyot brigadalari”dagi pediatriya hamshiralari faoliyat yuritadi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amaldagi shtat birliklari doirasida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlari hamda tunu kun shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatuvchi pediatriya postlari ish boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring