Koʻp qavatli uylar oldidagi avtoturargoh uchun qancha soliq toʻlanishi maʼlum qilindi
Bu haqda AOKAda Davlat soliq qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Shodiyor Ahmedov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.
2021-yildan boshlab, jismoniy shaxslarning koʻp qavatli uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari mol-mulk soligʻi obyektlari qatoriga kiritildi.
Kadastr organi avtomashina turar joylarining kadastr qiymatini belgilaydi.
«Avtomashina turar joylari uchun xuddi jismoniy shaxs turar uy-joyi uchun toʻlanadigan mol-mulk soligʻi stavkasida, yaʼni kadastr qiymatidan 0,23 foiz stavkada toʻlanadi.
Masalan, avtomashina turar joyining kadastr qiymati 11 mln soʻm. Avtomashina turar joyining yillik mol-mulk soligʻi miqdori — 11 mln soʻm x 0,23% = 25 300 soʻmni tashkil qiladi.
Oldingi yillarda jismoniy shaxslar ushbu noturar joylar uchun yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan stavkada (2%) mol-mulk soligʻini toʻlar edi. Yaʼni, 11 mln dan 2% = 220 ming soʻm (9 baravar koʻp)", dedi Shodiyor Ahmedov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring