Konya-2021: Jamoaviy sport turlariga qurʼa tashlandi
2022-yil 9-18-avgust kunlari Turkiyaning Konya shahrida oʻtadigan V Islom birdamligi oʻyinlarining jamoaviy sport turlariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Uning yakunlariga koʻra, musobaqada ishtirok etadigan jamoalarimiz oʻz raqiblari nomini bilib olishdi.
Eʼtiborlisi, dastlab faqatgina gandbol va basketbol 3x3 boʻyicha ayollar jamoalarimiz ushbu turnirda ishtirok etishlari eʼlon qilingan edi. Keyinchalik voleybol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar jamoasiga ham boʻlajak Islom birdamligi oʻyinlarida qatnashish uchun taklif keldi.
Qurʼa yakuni boʻyicha jamoalarimiz musobaqaning guruh bosqichida quyidagi raqiblarga qarshi bahs olib borishadi:
Gandbol, “A” guruhi: Senegal, Bangladesh, Turkiya, Oʻzbekiston;
Voleybol, “A” guruhi: Oʻzbekiston, Indoneziya, Turkiya, Eron.
Reglamentga koʻra, basketbol 3x3 dasturida qurʼa jamoalarning reytingidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi va natija tez orada xalqaro tashkilot saytida eʼlon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring