“Kontrakt” uchun toʻlov soliqqa tortilmaydi
Foto: Illustrativ foto
Jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston professional va oliy taʼlim tashkilotlariga oʻzining, shuningdek 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining/xotinining taʼlim olishi uchun yoʻnaltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi. Mazkur imtiyoz oʻqish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan taʼlim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Agar siz taʼlim uchun yoki olingan taʼlim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablagʻlarni professional va oliy taʼlim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan oʻtkazib berilishini va bu mablagʻlaringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
— talaba (talabalar) bilan Oʻzbekiston professional yoki oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
— tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.
Agar siz oldingi yillarda ishlagan boʻlsangiz, shartnoma summasini oʻzingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda toʻlagan boʻlsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali toʻlangan daromad soligʻini qaytarishingiz mumkin.
— talaba (talabalar) bilan Oʻzbekiston professional yoki oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
— tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
— Oʻzbekiston professional va oliy taʼlim tashkilotlari hisob raqamiga (taʼlim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablagʻlarini mustaqil toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
Agar taʼlim uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdori jami yillik daromaddan ortiq boʻlsa, boshqa oila aʼzosi (ota/ona, er/xotin) soliq toʻlangan summaning qolgan qismidan olingan daromad soligʻini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qoʻllanilgan summa miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etishi kerak.
Agar siz va sizning oila aʼzolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, u holda imtiyozni qoʻllamoqchi boʻlgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan aʼzolari ushbu imtiyozni hali qoʻllamaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring