Kongoda Ebola virusi tarqalayotgani eʼlon qilindi

16:47 05 Sentyabr 2025 Dunyo
1321 0

Kongo Demokratik Respublikasining Kasai viloyatida Ebola virusi bilan bogʻliq yangi holatlar qayd etildi. Bu haqda BMT axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 4-sentyabr holatiga viloyatda 28 ta ehtimoliy kasallik holati va 15 ta oʻlim aniqlangan. Ular orasida toʻrt nafar tibbiyot xodimi ham bor.

Tekshiruvlar natijasiga koʻra, epidemiyaning sababi Ebolaning zair shtammi ekani tasdiqlandi. Virus asosan isitma, qusish, ich ketishi va qon ketishi kabi belgilari bilan namoyon boʻladi.

Vaziyatni nazorat qilish maqsadida hukumat hududga tezkor guruh yubordi. Ularga Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari — epidemiologlar, infeksiyalarni oldini olish va nazorat qilish, laboratoriya tashxisi hamda davolash sohasidagi ekspertlar qoʻshilgan. Shuningdek, aholi bilan ishlash uchun alohida guruhlar joylashtirilgan.

Mutasaddilarning taʼkidlashicha, virus yuqishi davom etayotgani sababli yaqin kunlarda kasallar soni ortishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Kongoda Ebolaning soʻnggi epidemiyasi 2022-yil aprelida qayd etilgan va uch oy ichida bartaraf etilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер