Koʻkdaladagi “zapravka”da yuz bergan holat boʻyicha jinoyat ishi ochildi
Videodan kadr
Kecha, 16-iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yirik yongʻin sodir boʻlgani, hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Koʻkdala tumanida sodir boʻlgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 259 (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tegishli soha mutaxassislari ishtirokida yongʻin koʻlami va yetkazilgan zararlarning miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yongʻin kelib chiqishini aniqlash boʻyicha sud-kimyoviy, biologiya, kriminalistika va yongʻin texnikaviy ekspertizalari tayinlangan.
“Tergov harakatlari davom etmoqda”, deb yozadi BP matbuot kotibi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring