Koʻkdalada oʻnlab yangi obyektlar foydalanishga topshirildi
Koʻkdala tumanining chekka hududlaridan biri boʻlgan Galabek qishlogʻidagi oilaviy shifokorlik punkti binosi oʻta taʼmirtalab holatga kelib qolgan, bu esa tibbiy xizmat sifati bilan bogʻliq koʻplab muammolarga sabab boʻlayotgandi.
Joriy yilda tegishli dastur asosida muassasa toʻliq qayta taʼmirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Zarur inventar va tibbiy texnologiyalar, uskunalar bilan jihozlandi.
— Ushbu tibbiyot muassasasi Naymansaroy va Shoʻrquduq mahallalari tarkibiga kiruvchi oʻnga yaqin kichik qishloqlar aholisiga xizmat qiladi, — deydi faxriy oʻqituvchi Nishon Jabborov. — Avval bu yerda zarur shart-sharoitlar yoʻq edi. Bugun esa yaratilgan imkoniyatlar bizni xursand qilmoqda.

Mustaqilligimizning 34-yilligi arafasida zamonaviy tibbiyot muassasasining foydalanishga topshirilishi hudud ahli uchun haqiqiy bayramga aylanib ketdi.
Tantanali tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan bugun mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirishga qaratilayotgan eʼtibor, bu borada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida toʻxtalib oʻtildi.
Eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz munosabati bilan Koʻkdalada yana oʻnlab yangi obyektlar, jumladan, 3 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi, Sanepidqoʻmitaning tuman boʻlimi hamda Agrobank va Xalq bankining Koʻkdala bank xizmatlari markazi binolari ham foydalanishga topshirildi.
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring