Kogonda inklyuziv taʼlim talablariga mos oʻquv binosi qurildi
Inklyuziv taʼlim talablariga mos jihozlangan maktab binolarini hamma yerda ham uchratavermaysiz. Kogon tumanidagi “Istiqbol” mahalla fuqarolar yigʻini hududida faoliyat yuritayotgan 16-sonli umumtaʼlim maktabi ana shunday binoga ega boʻldi.
Inshootda imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun maxsus yoʻlaklar va boshqa qulayliklar yaratilgan. U 240 oʻquvchi oʻrniga ega. Qoʻshimcha oʻquv binosi sifatida qad rostlagan qoʻsh qavatli inshoot qurilishi uchun 3 milliard soʻmga yaqin mablagʻ sarflandi. Sirasini aytganda, aholi soni koʻpayib borayotgan hududda yangi oʻquv binosiga ehtiyoj anchadan buyon bor edi. Muhimi, maktab jamoasi yangi oʻquv yili arafasida bir qator noqulayliklardan xalos boʻldi. Farzandlarining zamonaviy shart-sharoitlarda taʼlim olishlaridan manfaatdor ota-onalar ham xursand.

Yangi binoni foydalanishga topshirish munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali marosimda qatnashganlar davlatimizning yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga katta eʼtibor qaratayotganini alohida taʼkidlab, yaratilayotgan qulayliklar maktabda oʻquv samaradorligini oshiradi, deya ishonch bildirdi.
Maʼlumotlarga qaraganda, Buxoro viloyatida yangi oʻquv yilida 34 ta taʼlim muassasasi foydalanishga topshiriladi.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring