Kofeinli qahva yurak-qon tomir tizimini sogʻlomlashtiradi — olimlar

11:40 17 Fevral 2021 Dunyo
1466 0

Kolorado universiteti va Amerika yurak xastaliklarini oʻrganuvchi assotsiatsiyasi olimlari kofeinli qahva yurak yetishmovchiligi xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Bu haqdagi maʼlumot “Circulation: Heart Failure” jurnalida nashr etildi.

Tadqiqot sunʼiy aql yordamida amalga oshirilgan. Kompyuter 21 yil davomida toʻplangan 21 mingdan ziyod amerikalik oʻrta yoshlilar maʼlumotlarini tahlil qildi. Aniqlanishicha, kuniga kamida bir finjon qahva ichadigan odamlarda yurak yetishmovchiligining rivojlanish xavfi deyarli kuzatilmagan.

Bir kunda ichiladigan har bir finjon qahva ushbu kasallik xavfini 5-12% ga kamaytiradi. Kuniga kamida 2 finjon qahva ichadigan odamlarda yurak yetishmovchiligi xavfi umuman qahva ichmaydiganlarga qaraganda 30% kam. Qizigʻi shundaki, kofeinsiz qahva yurak yetishmovchiligi xavfiga umuman taʼsir qilmaydi, baʼzan esa bu xavfni koʻpaytiradi.

Tadqiqotlar natijasida, kofeinli qahva yurak yetishmovchiligi kasalliklari uchun foydali ekanligi, shu bilan birga, kasallik xavfini kamaytirishi ham aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?