Kobuldagi Rossiya konsullik boʻlimi yaqinida sodir etilgan terrorchilik harakatini qatʼiy qoralaymiz — Oʻzbekiston TIV

17:56 05 Sentyabr 2022 Siyosat
891 0

Foto: Arxiv surat

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻonistondagi Rossiya konsullik boʻlimi yaqinida boʻlgan terrorchilik harakatiga munosabat bildirdi. 

«Kobuldagi Rossiya Federatsiyasining konsullik boʻlimi yaqinida 2022-yil 5-sentyabr kuni sodir etilgan hamda diplomatik vakolatxona xodimlari va Afgʻoniston fuqarolarining qurbon boʻlishiga olib kelgan terrorchilik harakatini qatʼiy qoralaymiz.

Ushbu gʻayriinsoniy harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishga chaqiramiz.

Halok boʻlganlarining oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sogʻayib ketishini tilaymiz» — deyiladi vazirlik axborotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер