KXDR Xitoy bilan chegarada nazoratni kuchaytirmoqda. Harbiylarga chegaraga yaqinlashgan odamga o‘q uzishga ruxsat berildi — OAV

01:04 28 Avgust 2020 Dunyo
935 0

Arxiv surat

KXDR rasmiylari Xitoy bilan chegarada nazoratni kuchaytirdi, deb xabar bermoqda "RFA" radiosi o‘z manbasiga tayanib. Aniqlik kiritilishicha, harbiylarga bir kilometr masofada chegaraga yaqinlashadigan odamga o‘q uzishga ruxsat berilgan.

Izohlanishicha, rasmiylar koronavirusni mamlakatga kirib kelishining oldini olish uchun shunday chorani qo‘llamoqda va u Xitoy bilan butun chegaraga amal qiladi.

Pandemiya boshlanganidan keyin KXDR o‘z chegaralarini yopdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan.

Iyul oyi oxirida Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegaradagi Kaeson shahrida mamlakatda koronavirus infeksiyasining birinchi gumon qilingan holatini e’lon qildi. Shu munosabat bilan KXDR yetakchisi Kim Chen In shaharni yopish, uning hududlarini izolyasiya qilish va u yerda favqulodda rejimni joriy etishga qaror qildi. 14 avgust kuni Shimoliy Koreya hukumati Kesondagi karantin rejimini bekor qilishga qaror qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер