Kitobxonlik haftaligi tadbirlarga boy oʻtmoqda
Yurtimiz boʻylab 10-14-noyabr kunlari “INFOLIB UZBEKISTAN – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi boʻlib oʻtmoqda. Shu munosabat bilan Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida tadbir oʻtkazildi.
Unda viloyat hokimining oʻrinbosari Rustam Qobilov ishtirok etib, kitob mutolaasi va kutubxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar haqida soʻz yuritdi.
Haftalik doirasida axborot-kutubxona faoliyatiga oid ilgʻor tajribalar almashinuvi, zamonaviy kutubxona texnologiyalariga bagʻishlangan seminarlar, yosh mutaxassislar ishtirokidagi ijodiy uchrashuvlar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shunday tadbirlardan biri Toyloq tuman axborot-kutubxona markazida boʻlib oʻtdi. Unda kutubxona ishi, axborot texnologiyalari va raqamli madaniyat sohalarida erishilgan yutuqlar namoyishi, kitob taqdimotlari hamda viloyatdagi ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, Zarafshon va “Samarkandskiy vestnik“ gazetalari bosh muharriri Farmon Toshev, Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibi Saidahmad Usmonovlar qatnashib kitobxonlik boʻyicha oʻz fikr mulohazalarini bildirib oʻtishdi.
Haftalik davomida toyloqlik shoir va tarjimon Jamol Sirojiddin (Xumiy)ning “Ey dil, senga ne kerak?” deb nomlangan kitobining taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.
“INFOLIB UZBEKISTAN — 2025” haftaligi nafaqat kutubxonachilar uchun, balki kitobsevarlar, yoshlar va ijod ahli uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bu tadbirlar orqali jamiyatda kitobga muhabbat, maʼrifatga intilish va ilmiy salohiyatni oshirish yoʻlida muhim qadamlar qoʻyilmoqda.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring