Kiritilayotgan normalar yoshlar manfaatiga xizmat qiladi
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda yurtimizning barcha hududida yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda. Ushbu jarayonlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ham faol ishtirok etmoqda.
Mana shunday tadbirlarning biri Romitan tumanida ham boʻlib oʻtdi. Unda Qonunchilik palatasi deputati Sherzod Rahmonov yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
Taʼkidlanganidek, Konstitutsiyamizda jamiyatning barcha qatlami manfaatlari inobatga olingan. Inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar bir necha karraga ortmoqda. Oʻz navbatida, davlatning ham xalq oldidagi majburiyati bir necha baravarga oshmoqda. Chunki, Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda “inson manfaati har narsadan ustun” degan mezon asos qilib olingan. Shu bois, Bosh qomusimiz tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasi boʻlmoqda, desak xato boʻlmaydi.
Eʼtiborlisi, Bosh qomusimizda Oila, bolalar va yoshlar uchun alohida bob ajratilmoqda. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini shakllanitirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi belgilanayapti.
Bundan tashqari, yoshlarning taʼlim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli boʻlishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilmoqda. Mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhimdir.
Tadbirda soʻz olganlar Bosh qomusimizga befarq emasliklarini bildirib, kiritilayotgan yangi normalarni eʼtirof etishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring