Kinotanqidchi Karim Kadirbayev kinofestival doirasida master-klass oʻtkazdi

14:36 05 Oktyabr 2023 Jamiyat
267 0

Qozogʻistonlik taniqli kinotanqidchi Karim Kadirbayev bilan Toshkent Xalqaro kinofestivalida doirasida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ushbu ijodiy uchrashuvda u kino sohasida tahsil olayotgan talaba yoshlarga Qozogʻistondagi komediya janri haqida batafsil maʼlumotlarni berib oʻtdi.

Qozogʻistonda komediya janrining ildizlari 50 yillarga borib taqaladi va, asosan, u yerda oila mavzusi ustuvor boʻlgan. Hozirgi kunda komediya janrida suratga olingan eng muvaffaqiyatli film Shaken Aymanovga tegishli boʻlib, uning komediyasi 1 million dollar daromad qilgan va Markaziy Osiyoda komediya janri yoʻnalishidagi million dollarlik byudjetga ega boʻlgan yagona filmdir. Kadirbayev shuningdek, Qozogʻistonda kinolarni moliyalashtirishni sekin asta xususiy qoʻllarga oʻtayotganini ham taʼkidlab oʻtdi.

Bundan tashqari kinotanqidchi qozoq filmlarining muvaffaqiyatlari, ustunliklari va kamchiliklarini ham oʻz nuqtayi nazaridan kelib chiqib, aytib oʻtdi. Bir necha ajoyib filmlarning million dollarlab daromad qilgani va buning uchun nimalar qilingani borasida ham atroflicha maʼlumotlar berildi. Uning fikricha, barcha kino janrlari qatori, komediyalarda ham albatta qadriyatlar aks etishi lozim. Bu borada u oʻz fikrini qoʻllab-quvvatlab quyidagi fikrlarni bildirdi: “Qozogʻiston kino komediyalarida albatta oilaviy qadriyatlar yoritiladi va unga saqlab qolishga targʻib qilinadi”.

Ijodiy uchrashuv soʻnggida u talaba yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?