Kinematografiya agentligi direktori maxsus mukofot bilan taqdirlandi

Kuni kecha Ozarbayjonda yopilish marosimi boʻlib oʻtgan Turkiyaning “Korkut ota” kinofestivalida Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxalikov turkiy dunyo kinematografiyasi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, rejissorlar Muzaffarxon Erkinov (“Abdulla Oripov”, badiiy film) va Shuhrat Mahmudov (“Mening doiram”, hujjatli film) “Korkut ota” kinofestivalining “Eng yaxshi ssenariy” hamda “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandi.
Har yili Turkiyada oʻtkazilib kelinayotgan kinofestival bu yil Ozarbayjonda tashkil etildi. Festival tashkilotchilarining maʼlumotlariga koʻra, “Korkut ota” kinofestivali endilikda turkiy davlatlarning har birida oʻtkaziladi.
“Korkut ota” aslida Xalqaro turkiy tilli mamlakatlar kinofestivali boʻlib, bu turk dunyosi mamlakatlari tarixidagi birinchi kinofestival boʻlganligi bilan ahamiyatli. U IX-X asrlarda Sirdaryo sohilidagi dashtlarda yashab oʻtgan oʻgʻuz turklarining mashhur shoiri, baxshisi Qoʻrqut ota (Dede Korkut) sharafiga nomlangan. Qoʻrqut ota qadim musiqiy asbob — qoʻbizning ixtirochisi ham sanaladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring