Kimyo boʻyicha Nobel mukofotining sovrindorlari maʼlum boʻldi
Foto: nobelprize.org
Kimyo boʻyicha 2025-yilgi Nobel mukofotiga yaponiyalik Susumu Kitagava, avstraliyalik Richard Robson va amerikalik Omar Yagxi munosib topildi.
Mukofot global muammolarni hal etishda ulkan salohiyatga ega boʻlgan yuqori gʻovakli materiallarning yangi sinfi — metallorganik karkaslarni ishlab chiqqanliklari uchun beriladi
Izohlanishicha, olimlar gazlar va boshqa kimyoviy moddalar oʻta oladigan katta boʻshliqli molekulyar tuzilmalarni yaratishgan. Bu tuzilmalardan choʻlda havodan suv yigʻishda, karbonat angidridni tutib qolishda, zaharli gazlarni saqlashda yoki kimyoviy reaksiyalarni tezlatishda foydalanish mumkin.
Bungacha amerikalik olimlar Jon Klark, Mishel Devore, Jon Martinis kvant mexanikasidagi kashfiyotlari uchun fizika boʻyicha, amerikalik olimlar Meri Brunkov, Fred Ramsdell hamda yapon olimi Shimon Sakaguchi immunitet tizimining tananing oʻz hujayralariga hujum qilishiga nima toʻsqinlik qilishini kashf etgani uchun fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha 2025-yilgi Nobel mukofotiga sazovor boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring