Kimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanadi?
Qonunchilikka koʻra, vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi olish huquqiga ega boʻladi.
Bunda quyidagilarga pensiya ular boquvchining qaramogʻida turgan-turmaganidan qatʼi nazar tayinlanadi:
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga toʻlmagan boʻlsa yoki 16 yoshdan katta boʻlsa ham 16 yoshga toʻlmasdan nogiron boʻlib qolgan boʻlsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi boʻlmasa;
b) ota, ona, oʻgay ota, oʻgay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlgan yoki nogiron boʻlsalar;
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qatʼi nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan taʼtilda boʻlish huquqini beradigan yoshga toʻlgunga qadar boqish bilan mashgʻul boʻlsa va ishlamasa;
g) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart boʻlgan kishilar boʻlmasa.
d) oʻquvchilar 18 yoshga toʻlgunga qadar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring