Kimlar va nimalar davlat chegarasi orqali navbatsiz oʻtkaziladi?

10:23 12 Avgust 2022 Jamiyat
664 0

Foto: Arxiv surat

Davlat chegarasi orqali quyidagilar navbatsiz oʻtkaziladi:

— qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq muayyan imtiyozlarga ega shaxslar va ular ketayotgan avtotransportlar;

— ogʻir bemorlar, homilador va nogironlar, 7 yoshgacha bolalar, ularga hamrohlik qiluvchilar va ular ketayotgan avtotransportlar;

— xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni muntazam tashiydigan transportlar;

— tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, OAV uchun xabarlar va boshqa materiallar;

— tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda zarur boʻlgan va insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tovarlar, shuningdek, ushbu tovarlar olib oʻtiladigan transportlar;

— Prezidenti Administratsiyasi yoki Hukumatning tegishli yozma topshirigʻiga muvofiq shaxslar, transportlar va tovarlar;

— Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladigan tovarlar;

— Oʻzbekistonning oliy qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga yuboriladigan tovarlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер