“Kim deyay seni?” filmining maxsus namoyishi boʻlib oʻtadi

16:00 04 Fevral 2022 Madaniyat
1357 0

Ertaga, 5-fevral kuni Kinochilar uyida soat 15:00 da Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Buxoriylar” MCHJ tomonidan suratga olingan “Kim deyay seni?” badiiy filmining maxsus namoyishi boʻlib oʻtadi.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Qamara Kamalova, postanovkachi operator Oskar Baxtiyev, postanovkachi rassom Behzod Nazarov, grimyor Dilshoda Tilavova, liboslar boʻyicha rassom Irina Litviyenko.

Mazkur film yosh avlod va koʻpni koʻrgan kattalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar va ziddiyatlardan hikoya qiladi. Unda insonni keksalik davri, butun umri davomida orttirgan tajribasi va oʻz maʼnaviy boyligini yoshlarga topshirishdek masʼuliyati qamrab olingan.

Maʼlumot uchun, oldinda Kinematografiya agentligi tomonidan rejissyor Rustam Saʼdiyevning “Baron 2”, Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati”, Jamila Poʻlatovaning “Ayol qalbi” kabi kinofilmlarning premyeralari oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?