Kiyim ishlab chiqarishda yangi rekord: qaysi viloyat yetakchi?
2025-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 24,4 trillion soʻmlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish hajmi quyidagicha taqsimlangan:
- Andijon viloyati – 9,6 trillion soʻm;
- Namangan viloyati – 2,7 trillion soʻm;
- Toshkent viloyati – 2,6 trillion soʻm;
- Toshkent shahri – 1,8 trillion soʻm;
- Fargʻona viloyati – 1,6 trillion soʻm;
- Navoiy viloyati – 1,4 trillion soʻm;
- Qashqadaryo viloyati – 1,1 trillion soʻm;
- Buxoro viloyati – 1 trillion soʻm;
- Samarqand viloyati – 863,7 milliard soʻm;
- Surxondaryo viloyati – 437,0 milliard soʻm;
- Jizzax viloyati – 419,1 milliard soʻm;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 333,4 milliard soʻm;
- Sirdaryo viloyati – 291,5 milliard soʻm;
- Xorazm viloyati – 288,9 milliard soʻm.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,9 foiz oʻsgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring