Kiberxavfsizlik targʻiboti
Andijon shahrida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi”ga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Unda kiberxavfsizlikni taʼminlash, aholining raqamli savodxonligini oshirish, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish hamda internet firibgarliklaridan ogoh etish masalalari muhokama qilindi.
— 2025-yilning 9 oyi davomida viloyatda jami 6709 ta jinoyat qayd qilingan, shundan 2684 tasi axborot texnologiyalari sohasida sodir etilgan, — deydi viloyat prokurori Murodillo Abduhakimov. — Bu jinoyatlarning 923 tasi firibgarlik va 1665 tasi oʻgʻirlik boʻlib, ular viloyatdagi umumiy firibgarlik va oʻgʻirlikning katta qismiga toʻgʻri keladi. Yoshlar orasida kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish, internetda ongli faollik va shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish orqali bu sohadagi jinoyatchilikning oldini olish mumkin.

Tadbir davomida yoshlarga ijtimoiy tarmoqlarda ongli faollik koʻrsatish, shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish, feyk axborot va kiberhujumlardan himoyalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.
“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida viloyat boʻylab tashkil etilgan turli uchrashuvlar, seminarlar va amaliy mashgʻulotlar orqali yoshlarning axborot sohasidagi bilim va koʻnikmalari mustahkamlanmoqda.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring