Xursandchiliklarni sanasam, barmoqlarim yetmayapti
Ayni paytda uzumchilikda beshinchi avlod vakili sifatida xonadonimiz tomorqasida 30 ga yaqin navlarni parvarishlab, ishkomlar ostida intensiv usulda olma, shaftoli, olxoʻri, gilos, oʻrikdan ham moʻl hosil yetishtiramiz. Hozirgi kunda tomorqamizda xorijdan olib kelingan 10 ga yaqin danaksiz va serhosil uzum navlari boʻyicha ilmiy-amaliy tajribalarimiz davom etmoqda.
Uzumni ishkomdan uzmay va xonadondagi omborxonada tabiiy usulda keyingi yil hosili pishguncha saqlaymiz. Bu tajriba mamlakat miqyosida ommalashib, yurtimizning barcha viloyatlari va hatto uzoq-yaqin xorijdan ham shu sohaga qiziqqan mirishkorlar, sayyohlar kelib turadi.

Oʻtib borayotgan yilda oilamiz uchun esda qolarli xursandchiliklarni sanasam, barmoqlarim yetmayapti. Oʻgʻlim Husanboy Gʻofurov va nabiram Abdulaziz oliy taʼlimni tamomlagan boʻlsa, ikki nabiram – Husanboy va Sarvinoz universitetga oʻqishga kirdi. Nabiralarim Abdulboqiy va Abdulloh poytaxtimizda oʻtkazilgan sport musobaqalarida gʻolib boʻlib, shohsupaning yuqori pogʻonasiga koʻtarildilar. Bir nabiramni kelin qilib uzatdik, bugungi kunda baxtli oila bekasi va oliy taʼlimdagi oʻqishini davom ettirmoqda.
Quvonarlisi, dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlangan Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan davlatimiz rahbari farmoniga koʻra, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandim. Bu uzumchilik sohasidagi 50-yillik mehnatimning yuksak eʼtirofidir.

Kuni kecha Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasini tinglab, besh nafar farzandning otasi va oʻnlab nabiralar bobosi sifatida yurtimizning ertangi kun istiqbolidan juda ham xotirjamman. Ishonamizki, Yangi Oʻzbekistonda yildan yil yaxshi boʻlaveradi.
Husanboy GʻOFUROV,
Oltiariq tumani
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring