Xotira — abadiy, qadr — muqaddas
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 9-may — Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Toshkent shahar Mudofaa orkestri tomonidan harbiy vatanparvarlik ruhidagi musiqiy chiqish bilan boshlandi.
Shundan so‘ng O‘zDJTU rektori Ilhomjon To‘xtasinov urush maydonlarida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz, front ortida fidokorona mehnat qilgan insonlar hamda umrini Vatan, xalq va ilm yo‘lida baxshida etgan fidoyi ustoz va olimlarimiz jasorati va matonati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Dastur davomida “Barhayot ziyolilar” kitobi taqdimoti, shuningdek, universitetning faol talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari taqdim etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi global dunyoda tinchlikning qadri, Ikkinchi jahon urushining insoniyatga yetkazgan zarari, mazkur urushda ishtirok etgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish nechog‘li ahamiyatga ega ekanligi xususida fikr-mulohazalar bildirishdi.
Shuningdek, dasturdan tadbirkor, investor, biznes murabbiy Damir Rahmonov, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri solistlari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Umid Isroilov, Aminzoda Jumaniyozov, opera xonandasi Birdina Aybekovna, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xotamjon Yuldashev chiqishlari o‘rin oldi.
Yakunda taqdirlash marosimi o‘tkazilib, ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Robiya BAXTIYOROVA,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring