“Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusidagi Osiyo xotin-qizlari forumining 1-parallel sessiyasi

15:57 13 May 2024 Siyosat
135 0

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Mavzu — “Pekin platformasi +30: bugungi global iqtisodiyotda xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish istiqbollari va bu boradagi tahdidlar”

Sessiyada quyidagilar muhokama qilindi:

2025-yilda gender tenglik va xotin-qizlar huquqlari toʻgʻrisidagi muhim global kelishuv – Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi qabul qilinganining 30-yilligi nishonlanadi. Bu davlatlarning harakatlarini va Pekin deklaratsiyasi hamda Harakatlar platformasiga qay darajada rioya etilayotganini tahlil qilish uchun imkoniyatdir.

  • Ushbu sessiya doirasida tengsizlik va yangi tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi vaqtda xotin-qizlar huquqlarini targʻib qilishni davom ettirish usullarini izlash uchun xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi hozirgi holati muhokama qilindi.

 

Sessiya davomida global iqtisodiyotda gender tenglikka erishish va xotin-qizlar huquqlarini kengaytirish borasidagi yutuqlarni baholash, shuningdek, Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasini amalga oshirishda muammolarni aniqlash imkoniyati yaratildi.

Soʻzga chiqqanlar hozirgi kunda jahon va Osiyo mintaqasi ayollarining global iqtisodiyotdagi oʻrni; mintaqadagi xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi mavjud muammolar va istiqbollar; mintaqa davlatlarida Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasining qay darajada samarali amalga oshirilayotganligi masalalari batafsil toʻxtaldilar.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер