Xotin-qizlarga yuksak ehtirom koʻrsatildi
Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Urganch shahridagi viloyat musiqali drama teatri binosida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi. Unda Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini xotin-qizlar bayrami bilan samimiy qutladi. Viloyat hokimi keyingi yillarda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki haqida toʻxtalib, bugungi kunda ularning boshqaruv sohasidagi ulushi 32 foizga, tadbirkorlikda esa 35 foizga yetgani, yuksak salohiyatli, faol va tashabbuskor ayollardan 650 nafarga yaqini davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlayotganini taʼkidladi.

Tadbirda oila va jamiyatni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi munosib xizmatlari uchun 15 nafar xorazmlik ayollarga “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni va Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh xotin-qizlarga viloyat hokimining faxriy yorligʻi hamda qimmatbaho sovgʻalari topshirildi. Viloyat sanʼat ustalari ijrosidagi bayram dasturi tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

— Bu yilgi bayramni oʻzgacha kutib olyapman, — deydi Xiva tumanidagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan muruvvat uyining kichik tibbiy xodimi Muhabbat Matchonova. — Bayram arafasida Prezidentimizning farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlandim. Kamtarona mehnatim bu qadar ulugʻlanganidan boshim koʻkka yetdi. Bugungi tadbirda viloyatimiz xotin-qizlarining mehnatlari yuksak eʼtirof etilib, munosib ragʻbatlantirilgani barchaga bayramona xush kayfiyat baxsh etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring