Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda

17:56 15 Iyun 2022 Siyosat
579 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Joriy yilning 15-iyun kuni Senatda Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan tuzilgan Ishchi guruhning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Senat aʼzolari, Vazirlar Mahkamasi, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tegishli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Ishchi guruh aʼzolari tomonidan oʻtgan yigʻilishda belgilab olingan vazifalar doirasida amalga oshirilgan ishlar, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan nojoʻya harakatlarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga, shu jumladan, jazo choralarini kuchaytirishga doir takliflar hamda boshqa masalalar muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunida Ishchi guruh tomonidan sohaga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?