Xotin-qizlar qanday patronaj va skrining tekshiruvlaridan oʻtishi kerak?
Xastalikni davolagandan koʻra uning oldini olgan afzal. Bu tamoyil bugun yurtimiz tibbiyotidagi ustuvor vazifaga aylangan.
Shu sababli mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish uchun maqsadli tibbiy koʻriklar tashkil etilmoqda. Xususan, xotin-qizlar sogʻligini asrash, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish maqsadida ular muntazam ravishda patronaj va skrining tekshiruvlaridan oʻtkaziladi.
— Xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyati doirasida 35–55 yoshli ayollar skrining dasturlari bilan qamrab olinadi. Bunda oila shifokori tomonidan 3-yilda 1-marta ularda bachadon boʻyni saratoni skriningi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan, — deydi Yunusobod tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Shoira Abdusattarova.
— Shuningdek, ushbu toifadagi ayollarda tor soha mutaxassisi (ginekolog) koʻrigi, laborator va kolposkopiya kabi instrumental tekshiruvlar olib boriladi.
45 – 65 yoshli ayollarda oila shifokori tomonidan 2-yilda 1-marta koʻkrak bezi saratoni skriningi oʻtkaziladi. Bunda ularda tor soha mutaxassisi (onkolog) koʻrigi, mammografik instrumental tekshiruvlar amalga oshiriladi.
15 – 49 yoshli xotin-qizlarda esa oila shifokori tomonidan muntazam profilaktik koʻriklar, homiladorlikka monelikni aniqlash boʻyicha tekshiruvlar yilda bir marta oʻtkaziladi.
Ularda ginekolog va boshqa tor soha mutaxassislari tomonidan koʻrsatmaga asosan koʻriklar tashkil etiladi. Qonning umumiy tahlili laborator sharoitda tekshirilishi ham skrining dasturlari doirasiga kiritilgan.
Patronaj xizmati doirasida tibbiy brigada doyasi tomonidan homilador ayollarda 2-marta – homilaning 12 va 32 haftaliklarida tekshiruv amalga oshiriladi.
Tugʻuruqdan keyingi chilla davridagi ayollar esa tibbiy brigada doyasi tomonidan tugʻuruqxonadan uyga kelganda 3 kun ichida, uning 15- va 30-kunida — jami 3-marta tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring