Xotin-qizlar bandligi doimiy eʼtiborda
Uychi tumanidagi Ovchibuloq mahallasida 5375 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 2510 nafarini xotin-qizlar tashkil etib, ular bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yil boshida oʻtkazilgan xatlov jarayonida 105 nafari ayollar ishsiz deb topilgan edi. Kasanachilik mehnatini yoʻlga qoʻyish orqali uydan chiqmay daromad topish koʻpchilikka maʼqul kelmoqda. Bunda uy bekalari kelin va qizlari bilan meva danaklarini saralash, asalarichilik, kulolchilik, gulchilik, chorvachilik, koʻrpa-toʻshak qavish va tikuvchilik yumushlarini bajarib, roʻzgʻor uchun yaxshigina pul ishlab topishyapti.
— Kuni kecha Uychiga kelgan respublika Bosh vazirining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova Ovchibuloq mahallasida ayni sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, —deydi tuman hokimining oʻrinbosari Saida Ahmadaliyeva. — Ushbu jarayonda Mohira Mamadaliyeva, Karima Xotamova, Mohira Dadaboyeva, Malika Mamadaliyevalar xonadonlaridagi tajriba qoʻllab-quvvatlandi.

Boshqa bir mahalla — Choʻrtukda esa oʻziga mos ish qidirgan 20 nafar xotin-qizlar shu yerda faoliyat olib borayotgan “Mushtariy – AI” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga joylashtirildi. Atlas, adras va banoras toʻqishni qisqa muddatda oʻzlashtirgan yangi ishchilar jamoaga tezda kirishib ketishdi.
Mahalliy korxonalar faoliyati bilan tanishuv chogʻida Z.Mahkamova mavjud muammolarni ham oʻrganib, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, yangi mehnat oʻrinlarining yaratilishida amaliy koʻmakka tayyor ekanini bildirdi. Bosh vazir oʻrinbosari shu kuni dolzarb masala boʻyicha yangi mexanizm joriy etish taklifini kiritdi. Unga koʻra, Uychi tumanida tajriba tariqasida xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularni migratsiyadan qaytarish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, kasb-hunarga oʻqitish, yoshlarni oila tayyorlash yoʻnalishlarida ish tashkil qilish toʻrtta sektor — hokim oʻrinbosari, IIB, adliya, tibbiyot rahbarlariga mavjud 53 ta mahalla kesimida taqsimlab berildi. Bu tizim Namangan viloyatining boshqa tumanlarida ham joriy etiladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring