Xoshimindan Istanbulga uchayotgan samolyot Samarqandda favqulodda qoʻndi
Vyetnamning Xoshimin shahridan Istanbulga yoʻl olgan “Turkish Airlines” aviakompaniyasining TK163 reysi Samarqand xalqaro aeroportiga favqulodda qoʻndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Boeing 787 ekipaji bortdagi yoʻlovchilardan birining sogʻligʻi yomonlashgani sababli muqobil aerodromga yoʻl olishga qaror qilgan. Samolyot Samarqandga Toshkent vaqti bilan soat 03:40 da qoʻngan. 1959-yilda tugʻilgan Fransiya fuqarosi boʻlgan yoʻlovchiga tezkor tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yurak xuruji gumon qilinmoqda. Yoʻlovchi va unga hamroh boʻlgan ikki kishi qoʻshimcha tekshiruv va davolanish uchun tibbiyot xodimlariga topshirilgan.
Zarur amaliyotlar bajarilgandan soʻng, parvoz davom ettirilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 05:11 da “Turkish Airlines” aviakompaniyasining reysi Istanbulga joʻnab ketgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring