Xorijlik tadbirkorlar eng koʻp qaysi hududlarda korxona ochmoqda?

16:53 19 Dekabr 2025 Iqtisodiyot
276 0

2025-yilning 1-dekabr holatiga Oʻzbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 900 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, 1-dekabr holatiga koʻra, chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni boʻyicha Toshkent shahri 11 ming 369 ta koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda.

Chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar hududlar kesimidagi soni boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Toshkent shahrida – 11 ming 369 ta;
  • Toshkent viloyatida – 2 ming 330 ta;
  • Samarqand viloyatida – 661 ta;
  • Fargʻona viloyatida – 609 ta;
  • Surxondaryo viloyatida – 492 ta;
  • Andijon viloyatida – 404 ta;
  • Buxoro viloyatida – 377 ta;
  • Navoiy viloyatida – 307 ta;
  • Sirdaryo viloyatida – 270 ta;
  • Namangan viloyatida – 261 ta;
  • Jizzax viloyatida – 248 ta;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 218 ta;
  • Xorazm viloyatida – 196 ta;
  • Qashqadaryo viloyatida – 158 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер