Xorijiy yuk transportlarining Oʻzbekiston hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar miqdori kamaytirildi

17:33 27 Avgust 2025 Jamiyat
172 0

Hukumat qarori (538-son, 26.08.2025-y.) bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar miqdoriga oʻzgartirishlar kiritilgan.

Bildirilishicha, transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruxsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun toʻlanadigan toʻlov quyidagi tariflarga muvofiq belgilandi:

  • umumiy haqiqiy vaznning yoʻl qoʻyiladigan vaznga nisbatan ortiqcha miqdori 0 tonnadan dan 5 tonnagacha boʻlganda yuriladigan 1 kilometr masofa uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida;
  • 5 dan 10 gacha – 0,12 foiz;
  • 10 dan 15 gacha – 0,24 foiz;
  • 15 dan 20 gacha – 0,42 foiz;
  • 20 dan 25 gacha – 0,63 foiz;
  • 25 dan 30 gacha – 0,97 foiz;
  • 30 dan 35 gacha – 1,39 foiz;
  • 35 dan 40 gacha – 1,94 foiz;
  • 40 dan 45 gacha – 2,66 foiz;
  • 45 dan 50 gacha – 3,59 foiz;
  • 50 va undan yuqori – 4,22 foiz.

Bundan tashqari, ogʻir yukli va yirik gabaritli transport vositalari oʻtishi uchun arizalarni koʻrib chiqish, yoʻnalishni kelishish hamda ruxsatnoma berish uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori “Litsenziya” avtomatlashtirilgan axborot tizimida quyidagi tarzda hisoblanishi koʻzda tutilgan, jumladan:

  • 100 kilometrga qadar bazaviy hisoblash miqdorining 54 foizi miqdorida;
  • har bir keyingi kilometr uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,24 foizi miqdorida.

Maʼlumot uchun, ilgari mazkur toʻlovlar 100 kilometrga qadar — 25 AQSH dollari hamda har bir keyingi kilometr uchun — 0,11 AQSH dollari qiymatida belgilangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер