Xorijiy hamkorlardan Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda

Moʻmin-musulmonlar uchun muqaddas boʻlgan, ruhiy poklanish, mehr-oqibatli boʻlish, muhtojlarga koʻmak va gʻamxoʻrlik koʻrsatishga undovchi Ramazon oyi va muborak Ramazon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli din va jamoat arboblaridan qutlovlar kelmoqda.
Xorijiy hamkorlar Oʻzbekiston va uning koʻp millatli xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, mamlakatimiz bilan doʻstlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga intilishini tasdiqlamoqda.
Quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan;
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon;
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif;
Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy;
Qatar Davlati Amirining oʻrinbosari Shayx Abdulloh bin Hamad Ol Soniy;
Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Kuvayt Davlati Valiahdi Shayx Saboh Xolid al-Ahmad as-Saboh;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;
Bahrayn Podshohi Shayx Hamad bin Iso Al Xalifa;
Marokash Qiroli Muhammad VI;
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;
Tunis Respublikasi Prezidenti Qays Said;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Liviya Davlati Prezident kengashi rahbari Muhammad Yunus Al-Manfi;
Somali Federativ Respublikasi Prezidenti Hasan Shayx Muhammad;
Isroil Davlati Prezidenti Isxak Gersog;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad Al-Budayviy;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim;
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Faridun Sinirli oʻgʻli;
Islom taraqqiyot banki raisi Muhammad Sulaymon Al-Jasir;
“Al-Azhar” majmuasi shayxi Ahmad Tayyib;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Tabriklar kelishda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring