Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha test sinovlari qachon oʻtkazilishi aytildi

12:22 02 Yanvar 2026 Jamiyat
304 0

2026-yilning I choragida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish muddatlari eʼlon qilindi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Test sinovlari 2026-yilning yanvar mart oylarida quyidagi muddatlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan:

Yanvar:

  • 2026-yil 8-yanvar;
  • 2026-yil 22-yanvar.

Fevral:

  • 2026-yil 5-fevral;
  • 2026-yil 19-fevral.

Mart:

  • 2026-yil 5-mart;
  • 2026-yil 19-mart.

Maʼlumot uchun, test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar roʻyxati, test sinovi oʻtkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda test sinovlari oʻtkazilishi belgilangan muddatdan kamida 5 kun oldin eʼlon qilinadi.

Test sinovlarini oʻtkazish muddatlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?