Xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi
Illyustrativ foto
Toshkent shahri, Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Sergeli tumani boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqarolar I.Q. va A.A. (muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan) fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 22 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Xuddi shunday, Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi hamda DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.T. fuqaro A.A. va boshqalarni tanishlari orqali Yaponiya davlatiga ishga yuborishi evaziga avvaldan kelishilgan 32 ming dollardan 10 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Fargʻona shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “B.G.” MCHJ Fargʻona filiali rahbari N.A. fuqaro A.A.ga oʻzini goʻyoki Tashqi mehnat migratsiya agentligi xodimi sifatida tanishtirib, uni Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishi uchun 10 ming dollar evaziga sertifikat tayyorlab berishini aytib, shundan 5 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda chet tillarni oʻrgatuvchi “A.” oʻquv markazi xodimi X.Sh. fuqaro F.O.ni Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishi uchun “G1 viza” rasmiylashtirib berishini aytib, undan 4,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring