Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushdimi?

19:45 13 May 2025 Jamiyat
313 0

Foto: FVV

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Bogʻot tumanidagi uylardan biriga asteroid tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 12-may kuni soat 03:39 da Xorazm viloyati FVBga Bogʻot tumani “Yuksalish” mahallasi “Obod vatan” koʻchasi 4-uyda bino dahlizining taxminan 10 kv.m tom qismi qulagani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

“Mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda turli asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar, xususan, hodisa joyiga asteroid tushgani haqida notoʻgʻri xabarlar tarqalmoqda”, deyiladi boshqarma munosabatida.

Qoʻshimcha qilinishicha, hodisa sodir boʻlgan manzilda IIB hamda FVBning maxsus laboratoriya xizmatlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilgan. Oʻrganishlar davomida hodisa joyida hech qanday fazo jismlari yoki portlash xususiyatiga ega moslamalarning qoldiqlari aniqlanmagan.

Shuningdek, oʻrganishlarda xonadonda 2 ta propan gaz balloni borligi maʼlum boʻlgan.

Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida maxsus ekspertiza tayinlangan. Masʼul boshqarma ekspertiza xulosasiga asosan qoʻshimcha maʼlumotlar berilishini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер