Xorazmdagi Kat qalʼasidan antik davrga oid buyumlar topildi.
Xorazm Maʼmun akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi arxeologlari Xorazm viloyatining Shovot tumanida joylashgan Kat qalʼa arxeologik yodgorligida qazuv ishlari olib bormoqda.
Ayni paytda yodgorliklarning gʻarbiy qismida amalga oshirilayotgan izlanishlar natijasida ilk antik davr (eramizdan avvalgi IV-III asrlar) va soʻnggi antik davrlar (eramizning II-IV asrlar) iga oid meʼmoriy inshoot qoldiqlari oʻrganilmoqda.
Tadqiqotlar davomida juda koʻp ilk va soʻnggi antik davrga oid sopol buyumlar, marmardan ishlangan idishcha qoldiqlari va shahar hayotining keyingi bosqichlariga doir sopol boʻlaklari hamda mis uzuk ham aniqlandi.
Quyi qatlamlardan arxaik davrga xos idishlar boʻlaklari ham topilgan boʻlib, ular orqali shaharning barpo etilishi bilan bogʻliq yangi maʼlumotlarni bilib olish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring