Xorazmda yuz bergan ayanchli YTHda 2 yoshli bola halok bo‘ldi
Videodan kadr
Xorazm viloyati Yangiariq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa kecha, 17-sentabr kuni soat 09:00 larda Yangiariq tumani “Angarik” MFY hududidan o‘tgan 90V062 avtomobil yo‘lining birinchi kilometrida yuz bergan. 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi “Nexia-1” avtomashinasini chap tomonga burib olmoqchi bo‘lib turganida, orqa tomondan harakatlanib kelayotgan 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina uni quvib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Biroq “Nexia-1” avtomashinasiga urilib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi piyodalar yo‘lakchasida turgan 2023-yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan. Hodisa oqibatida bolajon voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Yangiariq tumani Ichki ishlar bo‘limi tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring