Xorazmda tadbirkor ayol suv sporti saroyi qurdi

19:02 09 Iyul 2025 Jamiyat
185 0

Yangibozor tumanida yilning toʻrt faslida suv sporti bilan shugʻullanish imkoniyatiga yaratildi. Doʻstlik mahallasida bunyod etilgan zamonaviy suv sporti saroyi yoshlar, ayniqsa, bolajonlar uchun munosib tuhfa boʻldi.

– Suzish – inson salomatligini mustahkamlaydigan, organizmning jismoniy chiniqishini taʼminlaydigan sport turi hisoblanadi, — deydi mazkur inshoot qurilishi tashabbuskori, tadbirkor Dilfuza Doʻsimmatova. — Shu bois mablagʻimizni suv sporti saroyi qurilishiga yoʻnaltirdik va qisqa muddatda ushbu ajoyib suv havzasi bunyod boʻldi. Inshoot tarkibida basseyn, yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari mavjud. Bunday sharoit tumanimiz yoshlarining suv sporti boʻyicha yuksak natijalarni qoʻlga kiritishi, kelajakda ular orasidan jahon va Olimpiya chempionlari yetishib chiqishiga zamin yaratadi.

Yangi sport inshootining ochilish marosimida aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodni jismoniy barkamol qilib tarbiyalash xususida soʻz yuritildi. Suzish havzasida oʻquvchi-yoshlarning yozgi taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi musobaqalar boshlab yuborildi.

Odilbek ODAMBOYEV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер