Xorazm viloyati hokimi viloyat aholisi va faollariga murojaat qildi
Oʻtgan haftada davlatimiz rahbariga Xorazm viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar yuzasidan axborot berilib, galdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shundan kelib chiqib viloyat hokimi Joʻrabek Raximov Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida keyingi uch yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan viloyat aholisi va faollariga murojaat qildi.
— Viloyat hokimi murojaatida viloyatda iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, qurilish, kommunal tarmoqda, qishloq xoʻjaligi, turizm va ijtimoiy sohada erishilgan natijalarni chuqur tahlil qildi, amalga oshirilgan yirik loyihalarga toʻxtaldi, — deydi mehnat faxriysi Madrahim Xudoyberganov. — Shuningdek, Xorazmda aholi turmush farovonligini yuksaltirish, kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash, bunyodkorlik va obodonlashtirish, xorijiy inveyestitsiyalarni jalb qilish va eksport imkoniyatlarini oshirish boʻyicha koʻzda tutilgan maqsad va dasturlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan nuroniylar, deputatlar va keng jamoatchilik vakillari murojaatnomada bildirilgan fikrlar, oʻrtaga qoʻyilgan vazifalarni yakdillik bilan qoʻllab-quvvatladi.
Odilbek ODAMBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring