Xonobodda yangrayotgan “Dunyo sadolari”
Andijon viloyatining Xonobod shahri 15–17-avgust kunlari uchinchi bor “Dunyo sadolari” xalqaro festivaliga mezbonlik qildi.
Uch yildan buyon anʼanaga aylangan ushbu madaniy tadbir, nafaqat, xalqimiz maʼnaviy hayotida, balki shahar iqtisodiyoti taraqqiyotida ham muhim oʻrin egallab bormoqda. Masalan, 2024-yilda mazkur tadbirga 7,5 milliard soʻm mablagʻ sarflanib, uning natijasida shahar savdo aylanmasi 20 milliard soʻmdan oshgan edi. Bu yilgi festivalda esa dastlabki kunlardanoq yuqori natijalar kuzatildi.

— Birinchi yilga nisbatan ikkinchi yilda iqtisodiyot besh baravar oʻsgan boʻlsa, bu yil festivalning birinchi kunining oʻzida shahar iqtisodiyoti 7 baravarga koʻtarildi, —deydi viloyat hokimligi masʼul xodimi Rustamjon Eshonov. – Eng muhimi, sayyohlik salohiyati tubdan oʻzgarib bormoqda. Festivaldan bir hafta oldinroq minglab xorijlik mehmonlar shaharga kelib joylashishdi. Har kuni tadbirda oʻrtacha 200 ming nafar kishi ishtirok etdi. Festivalning oʻtkazilishi shahar infratuzilmasini ham sifat jihatdan yangiladi. Xonobod 24 soatlik ish rejimiga oʻtkazildi, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida yuzni tanib oluvchi kameralar oʻrnatildi. Bu esa sayyohlar uchun qulaylik va ishonch muhitini taʼminlamoqda.
“Dunyo sadolari” festivali Xonobodning mamlakatimiz sharqidagi muhim madaniy va iqtisodiy markaz sifatidagi mavqeyini mustahkamlab, uni xalqaro miqyosda tanitishga xizmat qilayotir.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring