Xonobodda “Dunyo sadolari” yangramoqda

15:45 19 Iyul 2023 Jamiyat
900 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Kecha Xonobod shahrida “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivali oʻz ishini boshladi.

Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bogʻida boʻlib oʻtgan ochilish marosimida Xalqaro Turkiy Madaniyat tashkiloti – “TURKSOY” Bosh kotibi Sultan Rayev, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovlar soʻzga chiqib, mamlakatimizda madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va ichki sayyohlik salohiyatining ahamiyati haqida fikr bildirdilar. Oʻz navbatida ilk bor oʻtkazilayotgan “Dunyo sadolari” festivalini tashkil etishdan koʻzlangan maqsad va uning mohiyati haqida ham maʼlumot berildi.

Tadbir davomida taqdim etilgan sahna koʻrinishlarida yurtimizning har bir hududiga xos boʻlgan anʼanalar, odatlar oʻz ifodasini topgan boʻlsa, estrada yulduzlarining chiqishlari dunyo musiqiy madaniyati timsoli sifatida yangradi. Shuningdek, festival doirasida eʼlon qilingan yosh xonandalar koʻrik-tanlovi gʻoliblari munosib taqdirlandi.

Aytish joiz, ushbu tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va har bir viloyatdan kelgan 400 nafardan ziyod ishtirokchining isteʼdodi tajribali hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholandi. Shuningdek, dunyoning 20 dan ziyod davlatidan kelgan qoʻshiqchilar ishtirokidagi “Mahorat darslari” respublikamizda estrada sanʼatini yanada rivoj topishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Ayni paytda festival davom etyapti.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер