Xonadonlar sarishta, koʻchalar obod boʻlmoqda
Toʻraqoʻrgʻon tumanining markazdan yigirma chaqirim olisdagi Shovon mahallasida “Tozalik va ozodalik” oyligi aholining faol ishtiroki bilan namunali oʻtkazilmoqda. Xususan, hududdagi 800 ta xonadonda istiqomat qilayotgan 4,5 mingga yaqin fuqarolarning ahilligi sharofati bilan obodonlashtirish ishlari koʻlami yanada kengaygan. Koʻcha boʻylari va ariqlar tozalanib, mavjud daraxtlarga kuzgi shakl berilayotir. “Yuksalish” koʻchasida yashovchilar tashabbusi bilan homiylik mablagʻlari hisobiga toʻrt kilometrli ichki yoʻllarga asfalt yotqizilmoqda. Yoʻl qoplamasi uzoq vaqt saqlanib turishi uchun har bir hovli egasi uning chetlari va sugʻorish tarmoqlarini betonlashga kirishgan.

— Oylik davomida kuz-qish mavsumiga hozirlik tadbirlarini ham toʻla nihoyasiga yetkazamiz, — deydi MFY raisi Gʻaybullo Mamadaliyev. — Elektr energiyasi uzluksizligiga erishish maqsadida ikkita 400 kilovatt kuchlanishli transformator oʻrnatildi, 237 ta simyogʻochlar beton tayanchlarga almashtirildi. Aholi xonadonlarida esa tomorqalarni tartibga keltirish, hosildan boʻshagan maydonlarga toʻqsonbosti ekinlar ekish avjida.
Vatan obodligi mahalladan boshlanadi va koʻngillarga koʻchadi. Bu Shovonda amalga oshirilayotgan xayrli yumushlarda ham yaqqol isbotini topmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring