Xivaning jozibasi Yevropa OAV nigohida
Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Ayni kunlarda Niderlandiyaning “SP Entertainment Productions” va “Euronews” telekompaniyalari vakillaridan iborat ijodiy guruh qadimiy Xivada boʻlib, Xorazmning boy madaniy merosi haqida tasvirga olish ishlarini olib borishmoqda.
Ijodkorlar Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatrida tashkil etilgan hunarmandchilik ustaxonasi faoliyati bilan tanishib, mahalliy ustalar nozik did va yuksak mahorat bilan yasayotgan buyumlarga ishlov berish jarayonlarini tasmalarga muhrlashdi.

YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan “Lazgi” raqsi mehmonlarda katta taassurot uygʻotdi. Bu raqs orqali ular nafaqat musiqaning, balki har bir harakat ortidagi falsafiy maʼnoni ham his qilishdi. Xivaning tarixiy obidalari, meʼmoriy yodgorliklar, tor koʻchalari va qadimiy madrasalar ijodkorlar eʼtiboridan chetda qolmadi. Mazkur tashrif Xorazm viloyatining turizm salohiyatini xalqaro miqyosda yoritishda yana bir muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring