Xivaga xush kelibsiz!

16:08 25 Iyun 2020 Welcome to uzbekistan
2605 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“Sharq gavhari” deya taʼrif beriladigan qadimiy va navqiron Xivani tomosha qilish uchun Xorazmga tashrif buyursangiz sayohatingizni albatta “Ichonqalʼa”dan boshlaysiz. Bu qoʻxna shaharning sharqona ruhini his qilish uchun uning bozorlarini, milliy hunarmandchilik saboqlari oʻtkaziladigan maxsus maktablari-yu, aylanma tor koʻchalari boʻylab sayr qilishingiz mumkin. Ayniqsa Ermitaj, Luvr muzeylari bilan bellasha oladigan, noyob osori-atiqalarga boy Xiva muzeylari jahon sayyohlarini hayratga solib kelayotgani ham haqiqat.

Xiva insoniyatning bebaho boyligi sifatida YUNESKOning jahon merosi durdonalari roʻyxatiga kiritilgan boʻlib,uning muzey fondida 39 mingga yaqin eksponatlar saqlanmoqda.Uni bir bor koʻrish uchun dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan sayyohlar oqimi yilning toʻrt faslida ham toʻxtamaydi.

Фото: Ҳасан Пайдоев / «Халқ сўзи»

Mutaxassislarning tahlillariga koʻra Xorazm viloyati turistik ekskursiya resurslarining zichligi hamda ular tarkibidagi tarixiy-meʼmoriy obyektlar koʻrsatkichi boʻyicha mamlakatimizda 1-oʻrinda turadi.Xorazmda neolit davridan to XIX asrgacha boʻlgan davrni qamrab olgan 254 ta madaniy meros yodgorliklari mavjud boʻlib, ularning 18 tasi arxeologiya, 132 tasi meʼmorchilik, 66 tasi haykaltaroshlik,6 tasi diqqatga sazovor joylar va 32 tasi muqaddas qadamjolardir. Ularda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan mohir ustalar restavratsiya va taʼmirlash ishlarini olib boryaptilar.

Hududlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish sayyohlarga transport xizmati koʻrsatishni yaxshilashni talab etadi. Prezidentimiz tashabbusi bilan Urganchdan Xivagacha 31,7 kilometr uzunlikdagi temir yoʻl qurilishi, milliy uslubdagi zamonaviy vokzal barpo etilishi Xiva shahrini xalqaro turizm markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi.

Arxeologik tadqiqoitlarning koʻrsatishicha, shahar kamida 2500 yoshga kirgan. Bularning hammasi YUNESKO tashkilotiga Xivani qoʻriqxona ahamiyatidagi shahar deb eʼlon qilishga, shaharning ichki qismi boʻlgan Ichan-qalʼani esa jahon ahamiyatidagi tarixiy yodgorlik deb eʼtirof etishga asos bergan. Ichanqalʼa devori ilk bor eramizdan avvalgi VI-V asrlarda qurilgan boʻlib, davr oʻtishi bilan bir necha bor taʼmirlangan. Devorning balandligi 7-8 metr, qalinligi quyida 8-10, yuqorida 2-3 metrni tashkil qiladi, uning ustida bemalol aravada yurish imkoni boʻlgan.. Bu tarixiy devorning uzunligi 2200 metr boʻlib, toʻrt tomonga qarata qurilgan darvozalari bor. Dishanqalʼa – bu shaharning tashqi tomoni boʻlib, aynan baland devorlari 6 kilometrga, balandligi 8 metr va qalinligi 6 metrdan iborat inshootdir. Eski shaharga bugungi kunda ham mustahkam saqlanib kelayotgan toʻrtta darvozadan tashrif buyursa boʻladi.

Фото: Ҳасан Пайдоев / «Халқ сўзи»
Фото: Ҳасан Пайдоев / «Халқ сўзи»
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер